
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov kecha Angliyaga yetib borib, «Manchester Siti» klubi ixtiyoriga qaytdi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» Angliya Premyer ligasi 2025/26 yilgi mavsumining ilk turida 16-avgust kuni safarda «Vulverhempton» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» Puma bilan bir mlrd funtlik shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edi.