
Endilikda «Uzautotrans service» korxonasining shaharlararo avtobus qatnovlari chiptalarini ATTO mobil ilovasi orqali onlayn xarid qilish imkoni yaratildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Hozirda korxona quyidagi yo‘nalishlarda muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda: Toshkent – Zomin, Toshkent – Boysun, Toshkent – Kadan, Toshkent – Navoiy, Toshkent – Xatirchi, Toshkent – Juma, Toshkent – Qarshi, Toshkent – Shahrisabz, Toshkent – Qamashi, Toshkent – G‘uzor, Toshkent – Jarqo‘rg‘on, Toshkent – Sherobod, Toshkent – Uzun, Toshkent – Denov, Toshkent – Termiz.
Yangi xizmat orqali yo‘lovchilar vaqtini tejab, chiptani istalgan joydan xarid qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Toshkent – Xojikent» yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd ishga tushishi haqida yozgan edik.