Fond bozori: «Hamkorbank» aksiyalari yana deyarli 9 foizga qimmatlashdi

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 21-iyuldan 25-iyulgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,98 foizga tushdi.
«Biznesni rivojlantirish banki» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 9,26 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Hamkorbank»ning oddiy aksiyalari (+8,78%) va «Aloqabank»ning (+7,87%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
Biroq «Hamkorbank»ning imtiyozli aksiyalari 7,85 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. «O‘zbektelekom» (-6,93%) va «O‘zRTXB» aksiyalari (-4,71%) ham pasayish bilan ajralib turdi.
Faqat «Chilonzor buyum savdo kompleksi» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (563 ta), «O‘zRTXB» (403 ta) va «Qizilqumsement» (393 ta bitim) peshqadam bo‘ldi.
Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «O‘zRTXB» (218,31 mln) yetakchilik qildi. «Qizilqumsement» (193,22 mln so‘m) va «O‘ztemiryo‘lkonteyner» aksiyalari (101,64 mln so‘m) yuqori uchlikdan joy oldi.
Yuqori likvidli aksiyalardan 9 tasi haftani ijobiy, bittasi o‘zgarishsiz, qolgan 13 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 984,02 mln so‘m bo‘ldi.
Avvalroq «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 14-iyuldan 18-iyulgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,64 foizga oshgandi.
Ushbu davrda «Hamkorbank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 17,20 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Ipoteka-bank» (+5,56%) va «O‘zbektelekom»ning oddiy (+5,38%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
Biroq «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyalari 24,15 foiziga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. «Trastbank» (-5,63%) va «O‘zbektelekom»ning imtiyozli aksiyalari (-4,89%) ham pasayish bilan ajralib turdi.