Hyundai Tucson L 2025 N-Line sotuvga chiqdi

29-iyul 2025 12:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Hyundai Tucson L 2025 N-Line
Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan / Manba: Autohome

Xitoydagi bir nechta dilerlarda Hyundai Tucson L 2025 krossoverining sport uslubidagi N-Line versiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Yangi model sport ko‘rinishga ega bo‘lib, qizil tikuvli zamsh o‘rindiqlar, metall pedal qoplamalari, uch spikali rul va qizil ramkali start tugmasi mavjud.

Foto: Autohome

Salon ichida ikkita 12,3 dyuymli ekran, elektr sozlamalar, old o‘rindiqlarda isitish va ventilyatsiya, panoramali tom, kruiz-kontrol va haydovchiga yordam beruvchi tizimlariga ega.

Orqa o‘rindiqlarni tugma orqali buklab, yuk joyini 1903 litrgacha kengaytirish mumkin. Tucson L – aynan Xitoy bozoriga mo‘ljallangan, cho‘zilgan kuzovli model.

Foto: Autohome

Kapoti ostida 1,5 litrli, 197 ot kuchiga ega turbo dvigatel joylashgan. U 8 pog‘onali avtomat uzatma bilan ishlaydi. Modelda old yoki to‘liq yuritma varianti mavjud.

Foto: Autohome

Ma’lumot o‘rnida, Hyundai Tucson ilk bor 2004-yilda taqdim etilgan. U o‘shandan buyon dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan krossoverlardan biri hisoblanadi. U ixcham o‘lchami, qulay saloni va ishonchli texnikasi bilan ajralib turgan.

Dastlabki modellari benzinli va dizel dvigatellari bilan taklif qilingan bo‘lib, mexanik va avtomat uzatmalar bilan jihozlangan edi. Tucson o‘zining yuqori yo‘l balandligi, keng yukxonasi va shahar hamda qiyin yo‘llarda birdek harakatlana olishi bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozongan. Vaqt o‘tishi bilan u dizayn, xavfsizlik va texnologiyalar borasida yangilandi, lekin har doim o‘zining funksionalligi va ishonchliligi bilan mashhur bo‘lib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Hyundai Kona modelining yangilangan varianti taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek