O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar inflyatsiyadan yuqori oshiriladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2026 – 2028-yillar fiskal strategiyasiga ko‘ra, budjet xodimlari ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar har yili inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorda oshiriladi. Bu chora aholi turmush darajasini yaxshilash hamda fuqarolarning real daromadlarini oshirishga qaratilgan.
Shuningdek, Pensiya jamg‘armasining daromadlarini ta’minlash maqsadida ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi. 2025-yilda budjetdan Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar 20 trln so‘mdan oshadi, 2028-yilga borib esa bu raqam 26 trln so‘mga yetadi.
Ma’lumot uchun, 2022-yildan buyon ish haqi va to‘lovlar inflyatsiyadan yuqori miqdorda indeksatsiya qilinmoqda. 2025-yil 1-iyuldan ijtimoiy to‘lovlar o‘rtacha 10% ga oshirildi, inflyatsiya darajasi esa 8% atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-avgustdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgarishi haqida yozgan edik.