Iyul oyida banklardagi muammoli kreditlar 1,65 trillion so‘mga kamaydi

eʼlon qilindi
NPL
Xususiy banklarda NPL miqdori 6,9 trln so‘mga pasaygan
Muammoli kreditlar
Foto: MaksLab/Depositphotos

1-iyul holatiga ko‘ra, banklardagi muammoli kreditlar umumiy miqdori 21,9 trln so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 1-iyun bilan solishtirilganda 0,7 foizga, ya’ni 1,65 trln so‘mga kamaygan. Iyun oyida bu ko‘rsatkich 23,5 trln so‘mni tashkil etgandi.

Jami kreditlardagi NPL ulushi ham 3,8 foizga pasaygan. Iyun oyida bu ko‘rsatkich 4,1 foizni tashkil qilgan.

Iyul oyida banklarning kredit portfeli 575,2 trln so‘mni tashkil qilgan. Iyun oyiga nisbatan 7,5 trln so‘mga oshgan.

Davlat ulushi mavjud banklar

Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklarga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning jami qarzi 14,9 trln so‘mdan ortiqni tashkil qilgan. Bu iyun oyiga nisbatan 0,5 foizga kamaygan.

Davlat banklari orasida qaytarilmayotgan kredit qarzdorligi eng yuqori bank sifatida iyul oyida ham «O‘zmilliybank» 3,1 trln so‘m bilan yetakchilik qilgan. Ammo bankning jami kreditlardagi NPL ulushi 3 foizdan 2,9 foizga tushgan.

Shuningdek, «Agrobank»da 2,7 trln so‘m (NPL 3,8%), «O‘zsanoatqurilishbank»da 2,5 trln so‘m (3,7%), «Asaka bank»da 1,8 trln so‘m (4,5%) va Xalq bankida 1,2 trln so‘mga (4%) yetgan.

Xususiy banklar

Xususiy banklarda kredit portfeli 2,5 trln so‘mga oshib, 181 trln so‘mga yetgan bo‘lsa, NPL miqdori esa 6,9 trln so‘mga pasaygan. Kredit portfelidagi umumiy ulush ham 3,9 foizga kamaygan.

Muammoli kreditlar ko‘rsatkichi yuqori banklar qatorida «Ipoteka-bank» 2,3 trln so‘m (portfeldagi ulushi 6,6%) so‘m bilan yetakchi o‘rinda turibdi.

Xususiy banklarda kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi yuqori banklar esa quyidagilar:

  • «Garant bank» – 16,7% (muammoli kreditlar 159 mlrd so‘m);
  • «AVO bank» – 11,1% (57 mlrd so‘m);
  • «Yangi bank» – 8,3%(11 mlrd so‘m).

Ma’lumot uchun, muammoli kredit (NPL) deb to‘lov muddati 90 kundan oshgan va qaytarilmayotgan kreditlarga aytiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mikromoliya tashkilotlarida muammoli kreditlar ulushi oshayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek