Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengaytirilishi mumkin

eʼlon qilindi
O‘rta toifadagi shahardan yirik shahar maqomiga o‘tadi
Foto: Yandex Maps

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri va unga tutash tumanlar hududini o‘zgartirishga oid qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Yangi tartibga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahri tarkibiga Kattaqo‘rg‘on tumanidan 1 945 gektar, Nurobod tumanidan 971 gektar yer maydoni qo‘shiladi.

Bundan tashqari, Nurobod tumanining 600 gektar hududi Kattaqo‘rg‘on tumani tasarrufiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu o‘zgarishlar natijasida Kattaqo‘rg‘on shahri o‘rta toifadagi shahardan yirik shahar maqomiga o‘tadi. Shuningdek, kengaytirilgan hududlarda 50 gektarda «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi filiali, 30 gektarda uchta kichik sanoat zonasi tashkil etilishi belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqanddagi 12 qavatli bino sud qarori bilan buzilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek