Shahnoza Mirziyoyeva World Aquatics byuro a’zoligiga qabul qilindi

Singapurda bo‘lib o‘tgan suv sportlari bo‘yicha jahon chempionati doirasidagi World Aquatics federatsiyasi Kongressida Shahnoza Mirziyoyeva tashkilotning byurosi a’zoligiga qabul qilindi. Bu haqda uning o‘zi instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Ushbu qaror World Aquatics Ijroiya qo‘mitasi byurosining yangi tarkibini shakllantirish doirasida qabul qilindi.
Shahnoza Mirziyoyeva bu lavozimni mamnuniyat bilan qabul qilganini aytib, bu nafaqat shaxsiy e’tirof, balki sportni hamma uchun ochiq qilish yo‘lida harakat qilayotgan jamoaning yutug‘i ekanini ta’kidladi.
«Men uchun ushbu tashkilotning bir qismi bo‘lish va O‘zbekiston manfaatlarini global darajada ilgari surish katta mas’uliyatdir. Bu e’tirof faqat shaxsan menga emas, balki sportni har qanday sharoit va imkoniyatlardan qat’i nazar, hamma uchun ochiq qilish yo‘lida mehnat qilayotgan jamoamizning ham yutug‘idir», — dedi Shahnoza Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Saida Mirziyoyeva o‘z lavozimida qanday vakolatlarga ega bo‘lgani haqida yozgan edi.