Tailandda Di Kaprio ishtirokidagi film sahnasi olingan plyaj yopildi

eʼlon qilindi
2025-yil 1-avgustdan 30-sentabrgacha
Tailandda Di Kaprio ishtirok etgan filmdagi mashhur plyaj vaqtincha yopiladi. Foto: marin.ru

 Malakka boʻgʻozida joylashgan mashhur Phi Phi orollaridagi plyaj 2025-yil 1-avgustdan 30-sentabrgacha mehmonlar uchun yopiladi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Bunday choralar har yili yomg‘irli mavsumda amalga oshiriladi — bu orqali korall va dengiz faunasi intensiv sayyohlik mavsumidan so‘ng tiklanishi, shuningdek, nozik ekotizimga tushadigan bosim kamaytirilishi ko‘zda tutiladi.

Bu joy 2000-yilda Leonardo Di Kaprio ishtirok etgan «Plyaj» filmi chiqishidan so‘ng mashhurlikka erishdi. Dam oluvchilar oqimi tufayli bu yerda korall riflari jiddiy zarar ko‘rdi — taxminan 80 foizi nobud bo‘lgan. Shu sababli, riftlar va sohillarga tiklanish uchun vaqt berish maqsadida bu hududga kirish har yili cheklanadi.

Bu safar yopilish paytida mehmonlar sonini yaxshiroq boshqarish uchun kirish joyida yuzni aniqlash tizimi o‘rnatiladi. Hozir plyajga har kuni minglab sayyohlar tashrif buyuradi.

Shu bilan birga, tashrif buyuruvchilar Phi Phi arxipelagining boshqa joylaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – mart oylarida o‘zbekistonliklarning Tailandga turistik safarlari 2,2 barobarga oshdi.

Ushbu davrda 13,5 ming nafar fuqaro turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,3 ming nafarga ko‘p.

Bundan oldin Kursiv Uzbekistan Tailand investorlar uchun «oltin viza» joriy etishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, mazkur viza $1 million miqdorida investitsiya kiritganlarga taqdim etiladi.

Shuningdek