Yangiliklar

Taniqli bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi

55 yoshida
Taniqli bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Taniqli bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sultonali Rahmatov og‘ir kasallik sababli hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda ommaviy axborot vositalari san’atkorning jiyaniga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Sultonali Rahmatov 1970-yilda Toshkentda tug‘ilgan. U 2006-yilda Nyu-York qirollik akademiyasi kompozitori unvonini olgan, 2010-yilda esa «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Rahmatov O‘zbekiston Kompozitorlar va Bastakorlar uyushmasi a’zosi bo‘lib, Mudofaa vazirligi huzuridagi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar lavozimida ham faoliyat yuritgan.