Toshkent metropolitenida yil boshidan beri 145 mlndan ortiq yo‘lovchi tashildi

eʼlon qilindi
Yanvar – iyun oylarida
Foto: Toshkent metropoliteni

2025-yilning yanvar – iyun oylarida Toshkent metropolitenida jami 145,4 million yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,2 millionga yoki 10,8 foizga ko‘pdir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Yerusti halqa yo‘li»dagi yana 6 ta metro bekati 2-avgustdan vaqtincha yopilishi haqida xabar bergan edi.

2025-yil 2-avgustdan boshlab «Yerusti halqa yo‘nalishi»ning «Texnopark» – «Yangiobod» oralig‘idagi 6 ta bekatda metro poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Bu chora metro poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, bekatlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va profilaktik ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Jahon tajribasiga ko‘ra, bunday ishlovlar metropoliten xizmatining sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, «Texnopark – Qipchoq – Texnopark» yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bepul metrobuslar yo‘lga qo‘yiladi. Katta sig‘imli avtobuslar har kuni ertalab soat 05:00 dan kechki 23:00 gacha qatnaydi.

Shuningdek