Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar dublikatini olish osonlashdi

Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar, masalan, attestat yoki guvohnomalarning dublikat nusxasini olish jarayoni endilikda yanada qulaylashtirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Fuqarolar ushbu xizmatdan foydalanish uchun endi nafaqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali, balki bevosita Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari ham mumkin.
Mazkur xizmat vakolatli organ, ya’ni tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Arizalar 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va murojaatchiga natijasi bo‘yicha rasmiy dublikat nusxasi taqdim etiladi.
Eng qulay jihati shundaki, bu xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul. Taqdim etiladigan hujjatga maxsus QR-kod (matrik shtrixli kod) ham qo‘yiladi, bu esa uning haqiqiyligini tasdiqlashda qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avgustda qaysi xalqaro grantlarga tayyorlanish kerakligi haqida yozgan edik.