Gadjetlar

Vivo Y400 smartfoni taqdim etildi

Narxi hali e’lon qilinmagan
Vivo Y400
Y400 smartfoni qanday xususiyatlarga ega / Foto: Vivo

Vivo o‘zining yangi budjet smartfoni Vivo Y400 haqida rasmiy saytida ma’lumot joylashtirdi. Bu model qiziqarli texnik xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Y400 4G-smartfon bo‘lib, 6,67 dyuymli AMOLED ekranga ega. Ekran FHD+ aniqlik, 120 Hz yangilanish tezligi va 1800 nit yorqinlikni ta’minlaydi. DCI-P3 rang makonini to‘liq qamrab oladi.

Y400 smartfoni qanday xususiyatlarga ega / Foto: Vivo

Asosiy kamera 50 MP Sony IMX852 sensori va 2 MP chuqurlik datchigidan iborat. Unda Vivo Dynamic Light texnologiyasi ham bor — u bildirishnoma yoritgichi vazifasini bajaradi.

Smartfonning qalinligi 8 mm dan kam, og‘irligi rangiga qarab 196 yoki 198 grammni tashkil qiladi.

6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator 1600 marta zaryadlanganidan so‘ng ham sig‘imining 80% ini saqlab qoladi.

Foto: Vivo

Y400 chang va suvdan IP69 darajasida himoyalangan. Vivo ma’lumotiga ko‘ra, u 6 metr chuqurlikdagi suvda 30 daqiqa davomida ishlashga bardosh bergan.

Narxi hali e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Vivo kompaniyasi yangi Vivo Y400 5G smartfoni ustida ishlayotgani haqida yozgan edi.