Volvo S60 2026 avtomobili taqdim etildi – foto

29-iyul 2025 09:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Volvo
Volvo S60 2026 namoyish etildi / Foto: Volvo

Volvo Cars kompaniyasi yangilangan Volvo S60 2026 modelini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Savdolar Xitoyda boshlangan. Avtomobil to‘rtta komplektatsiyada taklif qilinmoqda. Narxlar 306 900 yuandan ($42,3 ming) 384 900 yuangacha ($53,8 ming).

Foto: Volvo

Modelda 360 darajali panoramali kamera va adaptiv kruiz-kontrol kabi yangi funksiyalar mavjud. Dizayn esa skandinavcha uslubda qolgan.

Mashina o‘lchamlari uzunligi 4778 mm, kengligi 1850 mm, balandligi 1437 mm, g‘ildirak bazasi esa 2872 mmni tashkil etadi.

Foto: Volvo

Ichki qismda 12,3 dyuymli raqamli panel va 9 dyuymli sensor ekran mavjud. B4 Zhiyi Deluxe versiyasida adaptiv kruiz-kontrol va avtomatik qorayuvchi oynalar bor. B5 Zhiya Sports Edition esa 360 darajali kamera bilan jihozlangan.

Foto: Volvo

Modelda ikki xil dvigatel varianti mavjud. U 7 pog‘onali robot uzatmadan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Rossiyada ayrim Volvo avtomobillari yong‘in xavfi sabab chaqirib olinayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek