Gadjetlar

Xiaomi 16 Pro Max smartfoni haqida tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Smartfonga 7500 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi
Xiaomi 15 Pro
Xiaomi 16 Pro Max haqida tafsilotlar ma’lum bo‘ldi / Foto: Mint

Xiaomi yangi superflagman Xiaomi 16 Pro Max smartfoni ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Smartfon uchta 50 MP kameraga ega bo‘ladi. Asosiy sensor SmartSens 590 bo‘lib, 1/1,28 dyuymli format va LOFIC 2.0 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Periskopli kamera esa 5 karra optik zoomga ega bo‘ladi.

Smartfonga 7500 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi. U 100 vattlik tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi 16 Pro Max Qualcomm’ning Snapdragon 8 Elite Gen 2 chipi asosida ishlaydi. Qurilmada Android 16 operatsion tizimi va HyperOS 3.0 interfeysi bo‘ladi.

Xiaomi odatda o‘z flagmanlarini Qualcomm’ning yangi chipidan so‘ng darhol taqdim etadi. Bu yilgi Qualcomm tadbiri sentabr oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Shuning uchun Xiaomi 16 seriyasi sentabr oxiri yoki oktabrda namoyish qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi 15 5G smartfoni haqida yangi tafsilotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.