Yangiliklar

Xitoy O‘zbekistonda 500 mln dollarlik investitsiya fondini tashkil qiladi

Rejalarda — kadrlar tayyorlash va yashil moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish ham mavjud
Xitoy O‘zbekistonda 500 million dollarlik investitsiya fondi tashkil etadi. Foto: O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun $500 millionlik investitsiya fondini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Otabekjon Nasritdinxodjayevning Xitoy tadbirkorlari assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, xitoylik hamkorlar birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ekspertlar guruhlarini tuzish, ekologik standartlarni muvofiqlashtirishni ham taklif qilgan. Shuningdek, mutaxassislar tayyorlash va yashil moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston tomoni esa bu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.

So‘nggi uch yil ichida Xitoydan O‘zbekistonga jalb qilingan investitsiyalarning asosiy qismi quyidagi uchta sohani tashkil etdi: sanoat (62%), energetika (11%) va qishloq xo‘jaligi (4%).

Bundan oldin Kursiv Uzbekistan xitoylik investorlar Farg‘onada $20 millionlik armatura zavodi qurishi haqida yozgandi.