«Yashil belgi» ekologik markirovka tartibi belgilandi

Endilikda mahsulot va xizmatlarni ekologik jihatdan belgilash uchun yagona ixtiyoriy tizim — «Yashil belgi» joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Mazkur Nizom ekologik markirovka olish uchun ariza topshirish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, xorijiy tizimlarni tan olish, ekspertiza o‘tkazish va belgini qo‘llash tartiblarini o‘z ichiga oladi. Ariza yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi va 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Sertifikatlashtirish 3 oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Natijalar asosida ekspertlar guruhi xulosa tayyorlaydi. Agar ariza beruvchi natijadan norozi bo‘lsa, 1 oy ichida yozma yoki elektron tarzda Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq chiqindi bilan bog‘liq eng ko‘p huquqbuzarlik Namanganda aniqlangani haqida yozgan edik.