Abbosbek Fayzullayev rasman «Istanbul Bashakshehir» klubiga o‘tdi — video

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Rasmiy manbalarga tayanib
Abbosbek Fayzullayev rasman Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubiga o‘tdi / Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning CSKA Moskva klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev endilikda faoliyatini rasman Turkiyada davom ettiradi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi

Unga ko‘ra, futbolchi Superliga vakili «Istanbul Bashakshehir» klubi bilan shartnoma imzoladi.

2003-yilda tug‘ilgan Fayzullayev «Paxtakor» akademiyasida tarbiya topgan, keyinchalik CSKA safida Rossiya Premyer-ligasida to‘p surdi. U tezkorligi, texnikasi va kreativ o‘yini bilan ajralib turadi.

Video: «Istanbul Bashakshehir» futbol klubi

Ma’lumot uchun, «Istanbul Bashakshehir» klubi 1990-yilda tashkil topgan bo‘lib, 2014-yilda hozirgi nomini olgan. 2020-yilda Turkiya Superligasi chempioniga aylangan. Klub Istanbul shahrida joylashgan bo‘lib, Yevropa turnirlarida qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev «Bashakshehir»da yiliga bir mln yevro maosh olishi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek