AI-80 benzini yil boshidan beri 16 foizga oshdi, Xitoy va AQSh tariflar bo‘yicha kelisha olmadi — 30-iyulning eng muhim xabarlari

eʼlon qilindi
Xitoy va AQSh o‘rtasida Stokgolmda o‘tgan ikki kunlik savdo muzokaralari yakuniga yetdi
Foto: Autonews.ru

AI-80 benzinining narxi oshishi, Xitoy va AQSh tariflar bo‘yicha kelisha olmagani, Apple Xitoyda ilk bor rasmiy do‘konini yopayotgani  — Kursiv Uzbekistan 30-iyulda yuz bergan muhim voqealarni bitta materialga jamladi.

Xitoy va AQSh tariflar bo‘yicha kelisha olmadi

Xitoy va AQSh tariflar bo‘yicha kelisha olmadi
Foto: Global Times

Xitoy va AQSh o‘rtasida Stokgolmda o‘tgan ikki kunlik savdo muzokaralari yakuniga yetdi. Tomonlar 12-avgustdan kuchayishi kutilayotgan bojxona tariflarini oldini olish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi, deya xabar bermoqda CNN.

Apple Xitoyda ilk bor rasmiy do‘konini yopmoqda

Apple Xitoydagi birinchi flagman do‘konini yopmoqda
Foto: Apple

Apple birinchi marta Xitoyda o‘zining rasmiy do‘konini yopmoqda. Dalyanda joylashgan Apple Store 9-avgustdan boshlab faoliyatini to‘xtatadi, deb xabar bermoqda TASS.

Kamchatkada 8,7 magnitudali zilzila yuz berdi

zilzila
Foto: Rossiya Fanlar akademiyasining Yagona geofizika xizmati

Rossiyaning Kamchatka yarimoroli yaqinida sodir bo‘lgan 8,7 magnitudali zilzila ortidan sunami yuzaga keldi. Bu 1952-yildan beri kuzatilgan eng kuchli zilzila bo‘ldi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

UFC reytingi: Bogdan Guskov ilk bor kuchli o‘nlikka kirdi

Foto: UFC

UFC rasmiy xabariga ko‘ra, 26-iyul kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC on ABC 9 turniri natijalariga asoslangan yangi reyting e’lon qilindi. Unda o‘zbekistonlik jangchi Bogdan Guskov yarim og‘ir vazn toifasida ilk bor kuchli o‘nlikdan joy oldi.

Chery sentabrda yangi oilaviy krossoverini taqdim qiladi

Exeed Exlantix E05
Exeed Exlantix E05 avtomobili qanday imkoniyatlarga ega / Foto: CarNewsChina

Chery kompaniyasiga qarashli Exeed brendi yangi Exeed Exlantix E05 modelining rasmiy suratlarini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

2026-yilgi Jahon chempionati qur’a tashlash marosimining sanasi va joyi aniq bo‘ldi

JCh–2026 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 5-dekabr kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi. Foto: ESPN

2026-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati guruh bosqichining qur’a tashlash marosimi joriy yil 5-dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida oʻtkaziladi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

AI-80 benzini yil boshidan beri 16 foizga oshdi

Foto: Autonews.ru

2025-yil 28-iyul kuni respublika tovar-xomashyo birjasida AI-80 markali benzinning bir tonnasi 10,83 million soʻmga yetdi. Yil boshidan buyon esa AI-80 narxi 16,5 foizga oshdi.

To‘rtta davlat banklarini xususiylashtirish kechiktirildi

Foto: Yandex

O‘zbekiston hukumati to‘rtta yirik davlat banklarini, «O‘zsanoatqurilishbank», «Asakabank», «Aloqabank» va «Turonbank»ni xususiylashtirishni 2025-yildan keyingi muddatlarga qoldirdi.

Yil oxirigacha 15 ta zamonaviy qadoqlash korxonasi ishga tushadi

Yil oxirigacha 15 ta zamonaviy qadoqlash korxonasi ishga tushadi. Foto: readypack.ru

Yil oxirigacha 15 ta zamonaviy qadoqlash korxonasi ishga tushirilishi belgilandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Bahodir Jalolov 9-avgust kuni navbatdagi jangini oʻtkazishi mumkin

Bahodir Jalolov 10-avgust kuni navbatdagi jangini oʻtkazishi mumkin Foto:Olimpic.uz

Oʻzbekistonlik super ogʻir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolov 9-avgust kuni AQShda navbatdagi jangini oʻtkazishi mumkin. Bu haqda Boxrec portali ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonovda doping aniqlandi

Foto: Olympic.uz

O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonovning doping sinovida taqiqlangan modda aniqlangani Xalqaro test agentligi (ITA) tomonidan ma’lum qilindi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, 2025-yil 11-iyun kuni o‘tkazilgan doping nazorati chog‘ida sportchidan olingan namunada metasteron moddasining izlari topilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 29-iyulning muhim yangiliklari haqida yozgan edi. 

Shuningdek