Apple Xitoyda ilk bor rasmiy do‘konini yopmoqda

eʼlon qilindi
Yopilish sabablari hozircha noma’lum
Apple Xitoydagi birinchi flagman do‘konini yopmoqda / Foto: Apple

Apple birinchi marta Xitoyda o‘zining rasmiy do‘konini yopmoqda. Dalyanda joylashgan Apple Store 9-avgustdan boshlab faoliyatini to‘xtatadi, deb xabar bermoqda TASS.

Ushbu do‘kon 2015-yilda ochilgan bo‘lib, Shimoli-Sharqiy Lyaonin provinsiyasidagi ikkinchi Apple savdo nuqtasi edi. Yopilish sabablari hozircha oshkor qilinmagan.

Bu qaror Apple’ning 2025-yil 2-chorakdagi moliyaviy hisobotlari fonida e’lon qilindi. Garchi kompaniya umumiy daromadini oshirgan bo‘lsa-da, Xitoydagi savdo 2 foizga pasayib, $16 milliardni tashkil etdi.

IDC tahlillariga ko‘ra, Xitoy bozorida Huawei birinchi o‘ringa chiqdi, Apple esa beshinchi pog‘onaga tushib ketdi. Bu esa kompaniyaning Xitoydagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilayotganga o‘xshaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple reklamasida mushukni «yo‘q qilish» orqali yangi funksiyasini namoyish etgan edi.

Shuningdek