Bahodir Jalolov 9-avgust kuni navbatdagi jangini oʻtkazishi mumkin

30-iyul 2025 15:54 eʼlon qilindi

Dilfuza Karimova

Dilfuza Karimova

Muxbir
Bahodir Jalolov 10-avgust kuni navbatdagi jangini oʻtkazishi mumkin Foto: Olimpic.uz

Oʻzbekistonlik super ogʻir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolov 9-avgust kuni AQShda navbatdagi jangini oʻtkazishi mumkin. Bu haqda Boxrec portali ma’lum qildi.

Portal xabariga koʻra, jang Kaliforniya shtatining Pomona shahrida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Ayni paytda uning raqibi kim boʻlishi hali aniq emas.

Skrinshot: Boxrec

Bundan oldin Jalolov 27-iyul kuni italiyalik bokschi Janmarko Kardilo bilan ringga chiqishi kerak edi. Biroq Kardiloning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli jang bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, «Katta oʻzbek» professional faoliyati davomida 15 ta jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongan.

Shuningdek