
Prezident qarori bilan O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
Mazkur qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi. Bundan tashqari, 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba estrada san’ati yo‘nalishida Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlov o‘tkazib boriladi.
Shu bilan birga, ijodkorning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film yaratiladi.
Avvalroq Andijonda Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa maktabi tashkil etilishi haqida yozgandik.
Unga ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik asosida madaniyat markazlari faoliyati kengaytiriladi, yoshlarning vatanparvarlik ruhini kuchaytiruvchi tarixiy va animatsion mahsulotlar yaratiladi. Botir Zokirov nomidagi estrada instituti faoliyati yanada rivojlantiriladi, Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa maktabi va milliy qo‘shiq tanlovlari tashkil etiladi.