Britaniya G‘azodagi urush to‘xtatilmasa, Falastinni tan olishini bildirdi

eʼlon qilindi
Britaniya bosh vaziri G‘azodagi vaziyatni «dahshatli» deb atadi
Falastin
Britaniya G‘azodagi urush to‘xtatilmasa, Falastinni tan olishini bildirdi / Foto: Tristan Sosteric / Unsplash

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning bayonotiga ko‘ra, agar Isroil G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatmasa, London Falastin davlatini tan oladi.

Britaniya hukumati Isroildan o‘t ochishni to‘xtatish, tinchlik jarayonini qayta tiklash va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berishni talab qilmoqda. Shuningdek, Isroil Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi hududlarni anneksiya qilish rejalaridan voz kechishi kerak.

Bosh vazir Starmerga ko‘ra, Hamas harakati esa garovga olinganlarni ozod qilishi, qurolli qarshilikdan va G‘azo ustidan nazoratni amalga oshirishdan voz kechishi lozim.

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Falastinni tan olish rejalarini bildirgan edi.

2024-yilning o‘rtalariga kelib, BMTga a’zo 193 davlatning qariyb 145 tasi Falastin davlatini rasman tan olgan. O‘zbekiston esa Falastin davlatining mustaqilligini 1994-yilda tan olgan. Falastin elchixonasi Toshkentda 2006-yilda ochilgan.

Avvalroq G‘azo bo‘yicha sulh muzokaralari to‘xtab qolgani haqida yozgan edik.

Shuningdek