Gadjetlar

Honor Magic8 Ultra Galaxy S26 Ultra va Xiaomi 16 Ultra’dan kuchliroq bo‘ladi

Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 2 chipida ishlaydi
Honor Magic8 Ultra
Honor Magic8 Ultra Galaxy S26 Ultra va Xiaomi 16 Ultra’dan kuchliroq bo‘ladi / Foto: Mediapark

Honor kompaniyasi yangi Honor Magic8 Ultra smartfoni ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Ushbu model Samsung, Xiaomi, Vivo va Oppo flagmanlariga jiddiy raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

Magic8 Ultra Snapdragon 8 Elite Gen 2 chipida ishlaydi. Qurilma OmniVision sensoriga ega bo‘ladi, u LOFIC texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa tasvirning dinamik diapazonini kengaytirishga yordam beradi.

Shuningdek, smartfonda 200 megapikselli periskop kamera bo‘lib, u kuchli optik zoom uchun mo‘ljallangan.

«Ultra modeli – bu ilgari nafaqat ko‘rilmagan, balki tasavvur ham qilinmagan qurilma», degan Honor kompaniyasining kamera bo‘yicha bosh muhandisi Lo Vey.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor yangi Pad GT2 Pro planshetini taqdim etgani haqida yozgan edi.