iQOO Z10 Turbo+ smartfoni avgust oyida taqdim etiladi

30-iyul 2025 09:53 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
iQOO Z10 Turbo+
iQOO Z10 Turbo+ avgust oyida taqdim etiladi / Foto: ITHome

ITHome xabariga ko‘ra, 2025-yil 28-iyul kuni iQOO kompaniyasi iQOO Z10 Turbo+ modelining yaqin orada taqdim etilishini e’lon qildi.

Qurilma uchun oldindan buyurtmalar boshlangan. Shuningdek, bloger qurilma haqida ba’zi dizayn tafsilotlarini ham oshkor qildi. Z10 Turbo+ yuqori chap burchakda joylashgan ikkita kamera, matritsali linza va halqa chaqnoq dizayniga ega bo‘ladi. Qurilmaning burchaklari yumaloq, umumiy tashqi ko‘rinishi avvalgi avlodga o‘xshash bo‘lib qoladi.

Eng diqqatga sazovor jihati – 8000 mA·soat sig‘imli batareyadir. Bu yuqori sig‘imli batareya -20°C sovuq muhitda ham xavfsiz ishlashga mo‘ljallangan. Qurilmaning qalinligi 8 mm atrofida bo‘ladi. Mahsulot menejerining so‘zlariga ko‘ra, Z10 Turbo+ o‘z sinfida «eng kuchli» deb ataluvchi Dimensity 9400+ protsessor bilan jihozlanadi.

Foto: Skrinshot

Bundan oldin, 2025-yil aprel oyida chiqarilgan iQOO Z10 Turbo Pro smartfoni Snapdragon 8s Gen4 chipi, Q1 grafik protsessori va 7000 mA·soatli yarim qattiq uchinchi avlod silikonli ultra yupqa batareyaga ega bo‘lgan edi. Ushbu model 120 vattli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlagan va 1 999 yuandan ($278) boshlab sotuvga chiqarilgan.

Yangi smartfon esa undan ham katta batareya, kuchliroq protsessor va sovuqqa chidamli ishlash xususiyatlari bilan ajralib turadi. Qurilma, ayniqsa, uzoq ishlash va baland unumdorlikni qadrlaydigan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iQOO kompaniyasi 115 dollarlik smartfonini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek