Janubiy Koreyada 2025-yilgi aholini ro‘yxatga olish jarayoni o‘zbek tilida ham o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Ro‘yxatga olish oktabr-noyabr oylarida o‘tkaziladi
Stats agency to carry out foreigner-friendly survey for 2025 census
Janubiy Koreyada 2025-yilgi aholini ro‘yxatga olish o‘zbek tilida ham amalga oshiriladi / Foto: Yonhap

Koreya Respublikasi 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olish jarayonini xorijliklar, xususan, o‘zbeklar uchun yanada qulay shaklda tashkil etmoqda. Bu haqda The Korea Times nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu galgi ro‘yxatga olish 5 mln xonadonni qamrab oladi va 20 ta tilda, jumladan, o‘zbek tilida ham o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olishda mavjud bo‘lgan 20 til orasida yangi qo‘shilgan 10 til quyidagilar: o‘zbek, bengal, birma, qozoq, qirg‘iz, lao, malay, singal, ukrain va urdu. Avvaldan mavjud bo‘lgan 10 til esa ingliz, xitoy, yapon, indonez, kxmer, mo‘g‘ul, nepali, rus, tay va vyetnam tillari edi.

Ro‘yxatga olish oktabr-noyabr oylarida o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilar uyda ishlatiladigan til, koreys tilini bilish darajasi, uy-joyga egalik, oilaviy hayotga munosabat kabi 55 yo‘nalish bo‘yicha ma’lumot beradi. So‘rovnoma asosan onlayn tarzda, turli qurilmalarga moslashtirilgan shaklda tashkil etiladi.

Ushbu jarayon Koreyada yashayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular endi til to‘siqlarisiz va to‘liq huquq bilan ishtirok etishlari mumkin. Ma’lumot uchun, aholini ro‘yxatga olish Koreyada 1925-yildan beri o‘tkazilib kelinmoqda. Bu yil jarayonning 100 yilligi nishonlanadi. Hukumat barcha ishtirokchilardan faol va aniq javoblar kutishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada yashayotgan oʻzbekistonliklar soni 98 mingdan oshgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek