O‘zbekiston yarim yilda deyarli ikki mln dona mobil telefon import qildi

30-iyul 2025 12:29 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
O‘zbekiston yarim yilda deyarli ikki million mobil telefon import qildi. Foto: pexels.com

2025-yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonga 1,9 million dona mobil telefon import qilindi. Ularning umumiy qiymati $194,4 millionni tashkil etadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 64,7 ming donaga, ya’ni 3,6 foizga ko‘p.

Telefonlar, asosan, quyidagi davlatlardan olib kelingan:

  • Xitoy – 1 420,7 ming dona;
  • Vyetnam – 375,1 ming dona;
  • BAA – 64,2 ming dona;
  • Hindiston – 16,4 ming dona.

Qolgan 1,1 ming dona telefonlar esa boshqa davlatlardan import qilingan.

Bundan oldin 2025-yilning yanvar – may oylarida Oʻzbekistonga 1,5 mln dona mobil telefon import qilingani haqida yozgandik. Unda ham eng yirik yetkazib beruvchilar uchligidan Xitoy, Vyetnam va BAA joy egallagandi.

Shuningdek