
2025-yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonga 1,9 million dona mobil telefon import qilindi. Ularning umumiy qiymati $194,4 millionni tashkil etadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 64,7 ming donaga, ya’ni 3,6 foizga ko‘p.
Telefonlar, asosan, quyidagi davlatlardan olib kelingan:
- Xitoy – 1 420,7 ming dona;
- Vyetnam – 375,1 ming dona;
- BAA – 64,2 ming dona;
- Hindiston – 16,4 ming dona.
Qolgan 1,1 ming dona telefonlar esa boshqa davlatlardan import qilingan.
Bundan oldin 2025-yilning yanvar – may oylarida Oʻzbekistonga 1,5 mln dona mobil telefon import qilingani haqida yozgandik. Unda ham eng yirik yetkazib beruvchilar uchligidan Xitoy, Vyetnam va BAA joy egallagandi.