Qurilishi to‘xtatilgan tashkilotlarni onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi

eʼlon qilindi
Xizmatdan foydalanish bepul
Qurilishi to‘xtatilgan tashkilotlarni onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi. Foto: Jizzax viloyati

Endi Toshkent shahrida qurilishi to‘xtatilgan tashkilotlarni shr-tashkent.uz sayti orqali onlayn tekshirish mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Mazkur sayt orqali qurilishi vaqtincha to‘xtatilgan firma va kompaniyalarning holatini onlayn tarzda tekshirish imkoniyati mavjud.

Ekran tasviri shr-tashkent.uz saytidan olindi

Bunda qidirish joyiga qurilish kompaniyasining nomi (loyiha nomi emas) kiritiladi. Qidiruv natijasiga ko‘ra, uning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan yoki yo‘qligini bir necha soniya ichida bilib olish mumkin.

Quruvchi tashkilotlar kamchiliklarni bartaraf etishi va yangi tashkilotlar aniqlanishi bilan ushbu ro‘yxat muntazam yangilanadi.

Bundan avval Toshkentdagi 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay toʻxtatilgani haqida yozgandik.

Shuningdek