Samarqand aeroportida yoʻlovchilar soni bir yilda 9,4 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Yilning birinchi yarmida aeroport 5,5 mingdan ortiq reysga xizmat ko‘rsatdi
Samarqand aeroportida yoʻlovchilar soni bir yilda 9,4 foizga oshdi / Foto: Samarqand aeroporti

Air Marakanda kompaniyasi bergan ma’lumotga koʻra, 2025-yilning yanvar – iyun oylarida Samarqand xalqaro aeroporti 708 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 9,4 foizga koʻpdir.

Yoʻlovchilarning asosiy qismi – 678 ming nafari xalqaro yoʻnalishlarda, 29,6 ming nafari esa ichki reyslar orqali parvoz qilgan. Iyul oyi boshiga kelib, aeroportda 5,5 mingdan ortiq aviareys amalga oshirilgan. Bu esa oʻtgan yildagiga nisbatan 4,9 foiz oʻsishni anglatadi.

Joriy yilda aeroportdan birinchi bor Krasnoyarsk, Vladivostok va Dushanbe shaharlariga toʻgʻridan toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyildi.

Air Marakanda kompaniyasi yoʻlovchilar uchun xizmat sifatini oshirish strategiyasini davom ettirayotganini bildirdi. Jumladan, Samarqand aeroporti Priority Pass va Lounge Key kabi xalqaro sodiqlik dasturlariga ulangan.

Hozirda aeroport 23 ta yoʻnalish boʻyicha aviaparvozlarni amalga oshirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqand va Xabarovsk oʻrtasida Centrum Air tomonidan reyslar yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek