Samarqandda $1,2 milliardlik loyihalar orqali 12 ming ish o‘rni yaratiladi

eʼlon qilindi
Jami hisobda 14 ta loyiha amalga oshiriladi
Samarqandda $1,2 milliardlik loyihalar orqali 12 ming ish o‘rni yaratiladi / Foto: Wikipedia

30-iyul kuni prezidentga Samarqand viloyatidagi islohotlar samaralari va yangi rejalarga oid ma’lumotlar berildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

So‘nggi 8 yilda viloyatda 1 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylar qurilib, 56 ming oilaning turmush sharoiti yaxshilandi. Maktabgacha ta’lim qamrovi 21 foizdan 73 foizga, oliy ta’lim esa 45 foizga yetdi.

Hududda to‘qimachilik, qurilish materiallari va turizm jadal rivojlanmoqda. Sanoat hajmi 1,7 barobar oshib, 45 trln so‘mdan oshgan. Shu bilan birga, ayrim tumanlarda sanoat sust rivojlanayotgani qayd etildi.

Yangi loyihalar doirasida Nurobodda $472 mlnlik sanoat zonasi, Qo‘shrabotda granit qazib olish, Bulung‘urda esa biofarmatsevtika va urug‘chilik sohalarida sarmoyalar jalb qilinmoqda. Umumiy hisobda $1,2 mlrdlik 14 loyiha orqali 12 ming ish o‘rni yaratiladi.

Prezidentimiz bu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, barcha hududlarda teng imkoniyatlar yaratish zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand aeroportida yoʻlovchilar soni bir yilda 9,4 foizga oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek