Gadjetlar

Samsung Galaxy Z Fold7 ekrani sovuqda ham bardoshli bo‘ladi

Uning ekrani 500 ming marta buklashga chidamli
Samsung galaxy z fold
Samsung Galaxy Z Fold7 ekrani sovuqda ham bardoshli bo‘ladi / Foto: Android Central

Samsung kompaniyasining yangi Galaxy Z Fold7 smartfoni nihoyatda mustahkam ekrani bilan ajralib turadi. Bu haqda Android Authority nashri xabar berdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, qurilmaning bukiladigan ekrani 500 ming martagacha buklanishga bardosh bera oladi. Samsung Display esa bu borada qo‘shimcha tafsilotlarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, ekran 60 daraja issiqlikda 300 ming marta, -20 daraja sovuqda esa 60 ming marta buklash sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Bir qarashda 60 ming buklash kamdek tuyulishi mumkin. Biroq kuniga 40 marta buklangan taqdirda ham bu ko‘rsatkich to‘rt yildan ortiq foydalanish imkonini beradi.

Demak, Galaxy Z Fold7 nafaqat issiq iqlimda, balki qattiq sovuq sharoitlarda ham ishonchli ishlashga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung’ning eng yaxshi smartfonlari haqida yozgan edi.