Sunami xavfi tufayli Yaponiya 1,9 mln kishini evakuatsiya qildi
eʼlon qilindi
Mamlakat shimolida 40 santimetrli to‘lqinlar kuzatilgan

Yaponiyada 1,9 mln kishi evakuatsiya qilindi. Mamlakat shimolida 40 santimetrli to‘lqinlar kuzatildi. Rasmiylar to‘lqinlar bir sutkadan ortiq davom etishi mumkinligini aytmoqda. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Rossiyaning sharqiy qismida 8,8 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Zilzila soat 11:25 da sodir bo‘ldi. Sunami xavfi sababli bir nechta davlatlarda ogohlantirish e’lon qilindi.
Gavayi orollariga ham sunami yaqinlashmoqda. Kaliforniya aholisi ham dengizdan uzoqroq bo‘lishga chaqirildi. Xitoy, Filippin, Indoneziya, Yangi Zelandiya, Peru va Meksikada ham xavf haqida ogohlantirishlar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Kamchatkada 8,7 magnitudali zilzila yuz bergani haqida yozgan edi.