AQSh Hindiston mahsulotlariga 25 foizgacha boj joriy qilishi mumkin

eʼlon qilindi
Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan
AQSh va Hindiston
Tramp Hindistonga 25 foizlik boj joriy qilmoqchi / Foto: Hinrich Foundation

AQSh prezidenti Donald Tramp Hindistonga 20 – 25 foizlik boj joriy qilinishi mumkinligini aytdi. Bu haqda TelegraphIndia xabar bermoqda.

Tramp Hindistonni yaxshi do‘st deb atagan, lekin mamlakat AQShga boshqa davlatlarga qaraganda yuqoriroq boj stavkalari qo‘llayotganini tanqid qilgan.

AQSh avgust oyining 1-sanasidan boshlab o‘nlab savdo hamkorlariga nisbatan o‘zaro boj choralarini kuchaytirishni rejalashtirgan. Aprelda Tramp boj stavkalarini oshirishni e’lon qilgan, biroq muzokaralar uchun vaqt berib, ularni 10 foizda vaqtincha ushlab turgan edi.

AQSH Savdo vakili Jeymison Grirga ko‘ra, Hindistonning AQSh eksportiga bozorini ochishga tayyorligini aniqlash uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Hindiston vaqtincha 20 – 25 foizlik bojlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Hindiston sentabr yoki oktabrda keng qamrovli savdo kelishuviga erishishni istamoqda. AQSh delegatsiyasi avgust o‘rtasi yoki oxirlarida Dehliga boradi.

Hindiston rasmiysi eng yomon holatda Tramp bojlarni joriy qilishi mumkinligini tan oldi, ammo bu vaqtincha bo‘lishi va yakunda kelishuvga erishilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xitoy va AQSh tariflar bo‘yicha kelisha olmagani haqida yozgan edi.

Shuningdek