
Xiaomi 2025-yil sentabr oyida Android 16 bazasidagi yangi HyperOS 3 operatsion tizimini taqdim etadi. Bu haqda XiaomiTime ma’lum qildi.
Dastlabki yangilanishni Xiaomi 15, 15 Pro, 15 Ultra, 14T Pro, 15T Pro, Redmi K70 Ultra va K80 Ultra modellari oladi.
Yangi tizimda silliq animatsiyalar, yaxshilangan tezlik, barqarorlik va Xiaomi ekotizimi bilan kuchli integratsiya ta’minlanadi.
Shuningdek, Xiaomi 16 va 16 Pro modellari HyperOS 3 oldindan o‘rnatilgan holda sotuvga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi 15T Pro smartfoni qanday xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edik.