
Joriy yilning 26-iyul kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida 33 yoshli xonanda Zebiniso Nosirova (taxallusi Zeboyi Jahon) o‘lik holda topildi. Bu haqda Milliy TV telekanalining «Millar» dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayolning sobiq turmush o‘rtog‘i farzandlari bilan ko‘rishish uchun uning uyiga kelgan. Ular o‘rtasida kelib chiqqan janjal vaqtida erkak ayolni bo‘g‘ib qo‘ygan va u voqea joyida vafot etgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, erkak 1992-yilda, ayol esa 1991-yilda tug‘ilgan. Ularning uch nafar farzandi bo‘lgan.
Bundan oldin Kursiv Uzbekistan taniqli bastakor Sultonali Rahmatov vafot etgani haqida ma’lum qilgandi.