Yangilangan Chevrolet Captiva gibrid model sifatida taqdim etildi

30-iyul 2025 16:57 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Captiva
Yangilangan Chevrolet Captiva gibrid model sifatida taqdim etildi / Foto: GMAutority

General Motors tomonidan 2026-yilgi Chevrolet Captiva gibrid modeli Argentinada rasman taqdim etildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

Ushbu Chevrolet brendining Janubiy Amerikadagi ilk gibrid (plug-in hybrid) avtomobili bo‘ladi. Model Buenos-Ayresdagi Chevrolet 360 tadbirida ko‘rsatilgan. Sotuvlar yil oxirida boshlanishi kutilmoqda.

Foto: GMAutority
Foto: GMAutority

GM Argentina vakillarining aytishicha, yangi Captiva PHEV zamonaviy dizayn, yuqori qulaylik darajasi va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan. Unga Chevrolet Intelligent Driving tizimi va premium salon bezaklari o‘rnatilgan.

Ushbu model iyun oxirida Meksikada global premyerasini o‘tkazgan edi. Endi esa Argentina bozoriga ham chiqmoqda. Bu yerda u ekologik avtomobillar uchun soliq imtiyozlaridan foyda ko‘radi. Kompaniya bu model Argentinada katta talabga ega bo‘lishini kutmoqda.

Foto: GMAutority
Foto: GMAutority

Yangi Captiva PHEV 204 ot kuchiga ega, umumiy yurish zaxirasi esa 1 100 km atrofida. Hozircha faqat gibrid versiyasi taklif etiladi. Model Xitoyda SAIC-GM-Wuling qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan General Motors kompaniyasi 2026-yilgi yangilangan Chevrolet Onix modelini Argentinada rasmiy ravishda taqdim etgani haqida yozgan edi.

Yangilangan Onix modeli Argentinada Chevrolet 360 deb nomlangan maxsus tadbirda namoyish qilindi. Ushbu tadbirda Chevrolet brendining 2025-yildagi muhim yangiliklari taqdim etilgan.

Yangi Onix liniyasi Argentinada ikki kuzov varianti bilan taqdim etildi. Sedan versiyasi bu safar ilk bor Onix Plus nomi bilan taklif qilinmoqda (bu Braziliya bozorida ham shunday nomlanadi).

Shuningdek