1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshadi — jadval

eʼlon qilindi ( yangilandi)
412 ming so‘mdan 20,6 mln so‘mgacha
1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshadi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

2025-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda ekologik tartib-qoidalarni buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdori oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, chiqindilarni noqonuniy joylarga tashlash, daraxtlarni kesish, suvni ifloslantirish, atmosfera havosiga zarar yetkazish va boshqa qoidabuzarliklar uchun jarimalar 412 ming so‘mdan 20,6 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda belgilanmoqda.

Huquqbuzarlik turiJarima miqdori (so‘mda)
Chiqindini belgilangan joyga tashlamaslik412 000 – 1 236 000
Shox-shabbalar yoki o‘simlik qoldiqlarini yoqish1 236 000 – 2 060 000
Suvlarni ifloslantirish/bulğatish1 236 000 – 2 060 000
Daraxt, buta va nihollarni noqonuniy kesish/shikastlash10 300 000 – 20 600 000
Qurilishda atmosfera havosini muhofaza qilish qoidalarini buzish4 120 000
Taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash2 060 000 – 4 120 000 (hayvonlar musodara qilinadi)
Tabiiiy muhitni tiklash choralarini ko‘rmaslik412 000 – 1 236 000
Ekologiya inspeksiyasi faoliyatiga to‘sqinlik qilish2 060 000 – 4 120 000

Shuningdek, sog‘lom daraxtni kesish holatida tabiatga yetkazilgan zarar ham alohida hisoblab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Yashil belgi» ekologik markirovka tartibi belgilangan edi.

Shuningdek