O‘zbekistonda yil boshidan beri parvoz vaqtida besh nafar kishi vafot etdi

eʼlon qilindi
Uzbekistan Airports o‘z tavsiyalarini ma’lum qildi
Foto: Uzbekistan Airports

2025-yilning shu kungacha bo‘lgan davrida O‘zbekistonda parvoz vaqtida 5 nafar yo‘lovchi samolyot ichida vafot etdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil davomida 14 ta o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib, ulardan 11 tasi parvoz vaqtida, 3 tasi Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida yuz bergan.

Mutasaddilar bunday holatlar odatda parvozga qarshi tibbiy ko‘rsatmalar e’tiborga olinmaganda sodir bo‘lishini ta’kidlamoqda. Yurak xuruji, insult, astma, pnevmoniya, og‘ir anemiya, homiladorlikning so‘nggi bosqichlari yoki operatsiyadan keyingi tiklanish davri – bular parvozda sog‘liq uchun xavf tug‘diradigan asosiy omillar sifatida sanab o‘tilgan.

Uzbekistan Airports fuqarolarga sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, parvozdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni va aviakompaniya qoidalari bilan tanishib chiqishni tavsiya qilmoqda. Zarurat tug‘ilganda esa tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilishi so‘raladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Amur viloyatida An-24 samolyoti halokati natijasida barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek