2025-yilning olti oyida Toyota sotuvi rekord darajaga chiqdi

31-iyul 2025 17:15 eʼlon qilindi

Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Toyota sotuvi rekord darajaga chiqdi. Foto: Serzill Hasan / Unsplash.

Bloomberg xabariga ko‘ra, Toyota kompaniyasining global avtomobil sotuvlari 2025-yilning birinchi olti oyida 7,4 foizga o‘sib, rekord darajadagi 5,5 million donaga yetdi.

Toyota avtomobillariga Yaponiya, Xitoy va AQShda katta talab kuzatildi. Kompaniyaning Yaponiyadagi sotuvlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,4 foizga oshdi. AQShda esa avtomobillarga bo‘lgan talab keskin ortib, sotuvlar oshishi import boji joriy etilishidan biroz avval yuz berdi.

Umumiy sotuv hajmi Toyota’ga savdo tariflari keltirgan yo‘qotishlarni qisman qoplashga imkon berdi. Shuningdek, Honda hamda Nissan kompaniyalari ko‘rsatkichlarining pasayishi fonida ishlab chiqarishni barqaror oshirishni ta’minladi.

Avtomobil ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,8% ga oshdi. Kompaniyaning konveyerlaridan olti oy ichida 5,5 milliondan ortiq avtomobillar chiqdi. Bu natijalar Toyota’ning dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi maqomini mustahkamladi.

Yuqori ko‘rsatkichlarga qaramay, yil boshidan beri kompaniya aksiyalari 13,1% ga arzonlashdi. Investorlar AQSh prezidenti Donald Trampning tarif siyosati kompaniya o‘sish sur’atini ushlab qola olmasligidan xavotirda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota vodorodda ishlaydigan yangi sport avtomobilini taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek