AQSh dollari iyul oyida qanday o‘zgardi

eʼlon qilindi
Iyul oyi davomida dollar kursi umumiy hisobda 16,31 so‘mga oshdi
Dollar
AQSH dollarining iyul oyidagi o‘zgarishi / Foto: Depositphotos

2025-yil iyul oyida O‘zbekistonda AQSh dollarining kursi juda o‘zgaruvchan bo‘ldi. Oy davomida bir necha bor keskin ko‘tarilishlar va tushishlar kuzatildi. Bu holat nafaqat moliyaviy institutlar, balki oddiy fuqarolar e’tiborini ham tortdi. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida AQSH dollarining iyul oyidagi o‘zgarishi haqida so‘z boradi.

Valyuta birjasida 4 – 31-iyul kunlari dollarning o‘zgarishi

Foto: Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

1-iyul kuni 12 676,11 so‘mni tashkil etgan AQSh dollari kursi 2-iyul kuni 84,4 so‘mga pasayib, 12 591,71 so‘mga tushdi. 3-iyulda esa yana 34,15 so‘mga kamayib, 12 557,56 so‘m bo‘ldi.

Keyingi kunlarda esa dollar narxi asta-sekin ko‘tarildi. 4-iyulda 49,17 so‘mga oshib, 12 606,73 so‘mni tashkil etdi. 7-iyulga kelib kurs 70 so‘mga ko‘tarilib, 12 676,73 so‘mga yetdi. 8-iyulda esa 35,36 so‘mlik o‘sish kuzatilib, dollar 12 712,09 so‘m bo‘ldi.

Biroq 9 – 11-iyul kunlari dollar kursi ketma-ket pasaydi. Jumladan, 9-iyulda 58,77 so‘mga, 10-iyulda 18,98 so‘mga, 11-iyulda esa 19,27 so‘mga kamaydi.

12 – 15 iyul oralig‘ida esa barqaror o‘sish qayd etildi. Ayniqsa, 14-iyulda kurs 84,07 so‘mga ko‘tarilib, 12 699,14 so‘mni tashkil etdi. 15-iyulda esa 78,98 so‘mlik o‘sish bilan dollar 12 778,12 so‘mga yetdi.

Shundan so‘ng 16 va 17-iyul kunlari kurs pasaygan bo‘lsa-da, 18–23-iyul oralig‘ida yana izchil ko‘tarildi. Ayniqsa, 22-iyulda kurs bir kunda 100,5 so‘mga, 23-iyulda esa 58,51 so‘mga oshib, 12 762,53 so‘mga yetdi.

Dollar kursining iyul oyidagi qiymati

SanaKurs (so‘m)O‘zgarish
31-iyul12 692,42+100,85 so‘m
30-iyul12 591,57+91,56 so‘m
29-iyul12 500,01−14,33 so‘m
28-iyul12 514,34−67,39 so‘m
25-iyul12 581,73−71,75 so‘m
24-iyul12 653,48−109,05 so‘m
23-iyul12 762,53+58,51 so‘m
22-iyul12 704,01+100,5 so‘m
21-iyul12 603,52+25,21 so‘m
18-iyul12 578,21−79,98 so‘m
17-iyul12 658,19−100,17 so‘m
16-iyul12 758,36−19,76 so‘m
15-iyul12 778,12+78,98 so‘m
14-iyul12 699,14+84,07 so‘m
11-iyul12 615,07−19,27 so‘m
10-iyul12 634,34−18,98 so‘m
9-iyul12 653,32−58,77 so‘m
8-iyul12 712,09+35,36 so‘m
7-iyul12 676,73+70 so‘m
4-iyul12 606,73+49,17 so‘m
3-iyul12 557,56−34,15 so‘m
2-iyul12 591,71−84,4 so‘m
1-iyul12 676,11−18,86 so‘m

Iyulning so‘nggi kunlarida dollar kursi asta-sekin tiklana boshladi. 30-iyul kuni kurs 91,56 so‘mga oshib, 12 591,57 so‘mni tashkil etdi. 31-iyulda esa yana 100,85 so‘mga ko‘tarilib, 12 692,42 so‘mga yetdi. Bu oy yakunidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Iyul oyi davomida dollar kursi umumiy hisobda 16,31 so‘mga oshdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek