AQSh dollari iyul oyida qanday o‘zgardi

2025-yil iyul oyida O‘zbekistonda AQSh dollarining kursi juda o‘zgaruvchan bo‘ldi. Oy davomida bir necha bor keskin ko‘tarilishlar va tushishlar kuzatildi. Bu holat nafaqat moliyaviy institutlar, balki oddiy fuqarolar e’tiborini ham tortdi. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida AQSH dollarining iyul oyidagi o‘zgarishi haqida so‘z boradi.
Valyuta birjasida 4 – 31-iyul kunlari dollarning o‘zgarishi

1-iyul kuni 12 676,11 so‘mni tashkil etgan AQSh dollari kursi 2-iyul kuni 84,4 so‘mga pasayib, 12 591,71 so‘mga tushdi. 3-iyulda esa yana 34,15 so‘mga kamayib, 12 557,56 so‘m bo‘ldi.
Keyingi kunlarda esa dollar narxi asta-sekin ko‘tarildi. 4-iyulda 49,17 so‘mga oshib, 12 606,73 so‘mni tashkil etdi. 7-iyulga kelib kurs 70 so‘mga ko‘tarilib, 12 676,73 so‘mga yetdi. 8-iyulda esa 35,36 so‘mlik o‘sish kuzatilib, dollar 12 712,09 so‘m bo‘ldi.
Biroq 9 – 11-iyul kunlari dollar kursi ketma-ket pasaydi. Jumladan, 9-iyulda 58,77 so‘mga, 10-iyulda 18,98 so‘mga, 11-iyulda esa 19,27 so‘mga kamaydi.
12 – 15 iyul oralig‘ida esa barqaror o‘sish qayd etildi. Ayniqsa, 14-iyulda kurs 84,07 so‘mga ko‘tarilib, 12 699,14 so‘mni tashkil etdi. 15-iyulda esa 78,98 so‘mlik o‘sish bilan dollar 12 778,12 so‘mga yetdi.
Shundan so‘ng 16 va 17-iyul kunlari kurs pasaygan bo‘lsa-da, 18–23-iyul oralig‘ida yana izchil ko‘tarildi. Ayniqsa, 22-iyulda kurs bir kunda 100,5 so‘mga, 23-iyulda esa 58,51 so‘mga oshib, 12 762,53 so‘mga yetdi.
Dollar kursining iyul oyidagi qiymati
Sana | Kurs (so‘m) | O‘zgarish |
---|---|---|
31-iyul | 12 692,42 | +100,85 so‘m |
30-iyul | 12 591,57 | +91,56 so‘m |
29-iyul | 12 500,01 | −14,33 so‘m |
28-iyul | 12 514,34 | −67,39 so‘m |
25-iyul | 12 581,73 | −71,75 so‘m |
24-iyul | 12 653,48 | −109,05 so‘m |
23-iyul | 12 762,53 | +58,51 so‘m |
22-iyul | 12 704,01 | +100,5 so‘m |
21-iyul | 12 603,52 | +25,21 so‘m |
18-iyul | 12 578,21 | −79,98 so‘m |
17-iyul | 12 658,19 | −100,17 so‘m |
16-iyul | 12 758,36 | −19,76 so‘m |
15-iyul | 12 778,12 | +78,98 so‘m |
14-iyul | 12 699,14 | +84,07 so‘m |
11-iyul | 12 615,07 | −19,27 so‘m |
10-iyul | 12 634,34 | −18,98 so‘m |
9-iyul | 12 653,32 | −58,77 so‘m |
8-iyul | 12 712,09 | +35,36 so‘m |
7-iyul | 12 676,73 | +70 so‘m |
4-iyul | 12 606,73 | +49,17 so‘m |
3-iyul | 12 557,56 | −34,15 so‘m |
2-iyul | 12 591,71 | −84,4 so‘m |
1-iyul | 12 676,11 | −18,86 so‘m |
Iyulning so‘nggi kunlarida dollar kursi asta-sekin tiklana boshladi. 30-iyul kuni kurs 91,56 so‘mga oshib, 12 591,57 so‘mni tashkil etdi. 31-iyulda esa yana 100,85 so‘mga ko‘tarilib, 12 692,42 so‘mga yetdi. Bu oy yakunidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Iyul oyi davomida dollar kursi umumiy hisobda 16,31 so‘mga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.