E’zozxon Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi

eʼlon qilindi
Bundan oldin u vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan
E’zozxon Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Prezident farmoniga binoan E’zozxon Gapirjanovna Karimova O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uning nomzodi avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Ma’lumot uchun, E’zozxon Karimova bunga qadar ushbu vazirlikda vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U ta’lim tizimida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lib, maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim sohalarida bir qator islohotlarga bevosita hissa qo‘shgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nozimaxon Davletova muhim lavozimga tayinlangan edi.

Shuningdek