Google Pixel 10 smartfonlarining to‘rt modeli va narxlari oshkor qilindi

eʼlon qilindi
Google Pixel 10
Google Pixel 10 smartfonlarining to‘rt modeli va narxlari oshkor qilindi / Foto: Evleaks

Google avgust oyida Google Pixel 10 smartfonlarining to‘rt modelini taqdim etadi. Ular: Pixel 10, Pixel 10 Pro, Pixel 10 Pro XL va bukiluvchi Pixel 10 Pro Fold. Qurilmalar haqida texnik ma’lumotlar va narxlar e’lon qilindi.

Barcha modellar yangi Tensor G5 chipida ishlaydi. Akkumulyator quvvati oddiy modellarda 100 soatgacha, bukiluvchi modelda 72 soatgacha yetadi.

Pixel 10 va Pixel 10 Pro ekran o‘lchami 6,3 dyuym. Pro versiyada 100 martalik Pro Res zum, 8K video yozuv va 50+48 MP kamera mavjud. Pixel 10 esa 20 martalik Super Res zum va 4K videoga ega.

Pro XL modelida 6,8 dyuymli ekran bo‘ladi. Pixel 10 Pro Fold esa ikki ekran (6,4 va 8 dyuym) bilan chiqadi. Bukiluvchi model korpusi mustahkam alyuminiydan yasalgan. Kamera tizimi uchta sensorli va ilg‘or.

Narxlar:

ModelXotira hajmiNarxi ($)
Pixel 10128 GB800
256 GB900
Pixel 10 Pro128 GB1000
256 GB1100
512 GB1220
1 TB1450
Pixel 10 Pro XL256 GB1200
512 GB1320
1 TB1550
Pixel 10 Pro Fold256 GB1800
512 GB1920
1 TB2150

Rasmiy taqdimot 20-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Samsung Galaxy Z Fold7 smartfoniga talab katta ekani ma’lum qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek