Google SI funksiyalari yangilanishini taqdim etdi

31-iyul 2025 15:04 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Foto: Apps Hunter / Unspash

Google korporatsiyasi sun’iy intellekt (SI) funksiyalarining yirik yangilanishini taqdim etdi. Foydalanuvchilar real vaqt rejimida interaktiv matolar yaratishlari va videolarni tahlil qilishlari mumkin bo‘ladi, dedi kompaniya vitse-prezidenti Robbi Shtayn.

Google AI rasmlar va PDF fayllar haqidagi murakkab savollarga javob bera oladi. Masalan, shartnomani tahlil qilish yoki o‘quv taqdimotiga qo‘shimcha materiallar taklif etish.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, yangilanish ayniqsa maktab o‘quvchilari va talabalar uchun foydali bo‘ladi.

Interaktiv kanvas rejimi tadqiqot rejasini tayyorlashga, ma’lumotlarni tizimlashtirishga, alohida masalalarni chuqurroq ochib berishga va ortiqcha narsalarni olib tashlashga yordam beradi.

Bundan tashqari, Google AI o‘rnatilgan internet sahifalarini tahlil qilish funksiyasini oladi. Foydalanuvchi ushbu sahifadan brauzerda ochilgan varaq yoki ma’lum bir ma’lumot haqida savollar berishi mumkin. Shu jumladan, ma’lumotlarni tekshirishni yoki geometriyadan masalani yechishni so‘rash.

Taqdim etilgan funksiyalarning bir qismi AQSh foydalanuvchilari uchun allaqachon mavjud. Kelgusi haftalarda korporatsiya yangilangan sun’iy intellektni joriy etishni davom ettiradi, shuningdek, boshqa mamlakatlar aholisi uchun uning imkoniyatlarini ochadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google Pixel 10 smartfonlarining to‘rt modeli va narxlari oshkor qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek