Ilgʻor ustozlarga dam olish uchun bepul yoʻllanma beriladi

Ilgʻor pedagoglar va iqtidorli oʻquvchilar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga bepul yoʻllanma berish tartibi belgilandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sentabr – may oylarida ilgʻor ustozlar, iyun – avgustda esa 7 – 14 yoshdagi iqtidorli oʻquvchilar 12 kunlik bepul dam olish imkoniga ega boʻladi. Yoʻllanmalar saralash mezonlari asosida taqsimlanadi.
Tanlov mezonlariga koʻra, xalqaro va respublika olimpiadalar gʻoliblari va ularni tayyorlagan ustozlar, shuningdek, xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar ustuvorlik bilan tanlanadi. Dam olish davomida ma’rifiy, sport va ijodiy tadbirlar oʻtkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq pedagoglarning malaka testlariga ro‘yxatdan o‘tishi 1-avgustdan boshlanishi haqida yozgan edik.