Ilg‘or ustoz va o‘quvchilarga bepul yo‘llanma, Kanada Falastinni tan oladi, ekologik jarimalar oshdi — 31-iyuldagi muhim yangiliklar jamlanmasi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kanadaning Falastin davlatini tan olishi AQShda norozilik uyg‘otdi. Prezident Tramp Kanadaga 35% boj joriy etishini e’lon qildi
31-avgustdagi muhim yangiliklar jamlanmasi / Foto: Sun’iy intellekt

Ilgʻor ustozlarga dam olish uchun bepul yoʻllanma beriladi

Ilgʻor ustozlarga dam olish uchun bepul yoʻllanma beriladi
Ilgʻor ustozlarga dam olish uchun bepul yoʻllanma beriladi / Foto: Facebook

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga ilg‘or pedagoglar va 7–14 yoshdagi iqtidorli o‘quvchilar uchun bepul yo‘llanmalar ajratiladi.

Ustozlar – sentabrdan maygacha, o‘quvchilar esa iyundan avgustgacha 12 kunlik bepul dam olish imkoniga ega bo‘ladi. Yo‘llanmalar tanlov asosida taqsimlanadi – ustuvorlik xalqaro va respublika olimpiadalar g‘oliblari hamda ularni tayyorlagan ustozlarga beriladi. Dam olish chog‘ida ma’rifiy, sport va ijodiy tadbirlar tashkil etiladi.

Kanada Falastin davlatini tan olishga tayyorlanmoqda

Kanada Falastin davlatini tan olishga tayyorlanmoqda
Kanada Falastin davlatini tan olishga tayyorlanmoqda / Foto: Reuters

2025-yil sentabrida BMT yig‘ilishida Kanada Falastin davlatini rasmiy tan olishini e’lon qilmoqchi. Bosh vazir Mark Karni bu qarorni G‘azo sektoridagi ocharchilik va gumanitar inqiroz bilan izohladi.

Kanadaning bu qarori Fransiya va Buyuk Britaniyaning so‘nggi bayonotlari ortidan e’lon qilindi. Ular ham Falastin davlatini tan olish niyatida. Isroil va AQSh bunday e’tiroflarni «Hamasga mukofot» deb atab, tanqid qildi.

Tramp Janubiy Koreya bilan yangi savdo bitimini e’lon qildi

Tramp Janubiy Koreya bilan yangi savdo bitimini e’lon qildi
Tramp Janubiy Koreya bilan yangi savdo bitimini e’lon qildi / Foto: Time Magazine

AQSh prezidenti Donald Tramp 1-avgustdagi bojlar muddati arafasida Janubiy Koreya bilan yangi savdo kelishuvini ma’lum qildi. Bitimga ko‘ra, Janubiy Koreya AQShga $350 mlrd sarmoya ajratadi, mahsulotlariga esa 15 foizlik boj joriy etiladi. Bu avvalgi 10 foizlik minimal bojdan yuqori.

Tramp aprel oyida ayrim davlatlarga qo‘yilgan 25 foizlik bojlarni vaqtincha to‘xtatgan edi. Endi esa Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Braziliya kabi mamlakatlar ham 15 foizlik bojga duch kelmoqda. Janubiy Koreya avtomobillariga nisbatan bojlar yumshatilgan, biroq po‘lat va mis mahsulotlariga amaldagi bojlar saqlanib qoladi.

1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshadi — jadval

1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshadi
1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshadi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

2025-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda ekologik tartib-qoidalarni buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdori oshiriladi. Yangi tartibga ko‘ra, chiqindilarni noqonuniy joylarga tashlash, daraxtlarni kesish, suvni ifloslantirish, atmosfera havosiga zarar yetkazish va boshqa qoidabuzarliklar uchun jarimalar 412 ming so‘mdan 20,6 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda belgilanmoqda.

Gʻarbning 15 davlati Falastinni davlat sifatida tan olish bo‘yicha qo‘shma bayonot berdi

Gʻarbning 15 davlati Falastinni tan olish bo‘yicha qo‘shma bayonot berdi. Foto: lucidwaters / depositphotos

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 15 davlat tomonidan Falastinni davlat sifatida tan olish haqidagi qo‘shma bayonotni e’lon qildi.

Bayonotda Isroil va Falastin ikki mustaqil demokratik davlat sifatida tinchlikda, xavfsizlikda va xalqaro miqyosda tan olingan chegaralar doirasida yonma-yon yashashi kerakligi haqidagi qat’iy pozitsiya tasdiqlangan.

BYD yangi ikkita modelini arzon narxda taqdim qildi

BYD yangi ikkita modelini arzonroq narxda taqdim qildi. Rasm Sora sun’iy intellekti yordamida qayta ishlandi

BYD kompaniyasi yangi ikkita model: Yuan UP seriyasiga qo‘shilgan yangi kirish darajasidagi va Seagull asosida yaratilgan Atto 1 avtomobilini avvalgi modellarga nisbatan arzon narxlarda taqdim etmoqda.

Joriy yilning 30-iyul kuni BYD o‘zining Yuan UP seriyasiga yangi kirish darajasidagi modelni qo‘shdi. Mazkur model 301 km yurish masofasiga ega bo‘lib, Xitoyda $10 400 narxda taklif etilmoqda. Shuningdek, u BYD’ning haydovchiga yordam beruvchi tizimi – God’s Eye bilan jihozlanmagan. Taqqoslash uchun, hozirgi mavjud bo‘lgan uchta model $13 900 dan $16 700 gacha narxda sotiladi va 401 km yurish masofasiga ega.

Amir Temur davridagi tarixiy qozonning nusxasi yaratiladi

Amir Temurning qozoni
Foto: WOSCU

O‘zbekistonda Amir Temur buyrug‘i bilan 1399-yilda yasalgan mashhur bronza qozonning nusxasi yaratilmoqda. Asl qozon hozirda Qozog‘istonning Turkiston shahridagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasida saqlanadi. Uning balandligi 1,62 metr, diametri 2,42 metr bo‘lib, 3000 litr suv sig‘dira oladi. Qozonning og‘irligi taxminan 2 tonnani tashkil qiladi.

Agar Falastin davlatini xohlasangiz, uni London yoki Parijda quring — Isroil spikeri

Falastin davlati Yevropada tashkil etilsin — Isroil spikeri
Falastin davlati Yevropada tashkil etilsin — Isroil spikeri / Foto: Noam Moskowitz

Isroil parlamenti spikeri Amir Ohana Jenevada bo‘lib o‘tgan konferensiyada Falastin davlati Fransiya yoki Britaniyada tashkil etilishi kerakligini aytdi. U Yevropa davlatlarini «soxta tinchlik» targ‘ibotida ayblab, Isroil yuritayotgan urush tinchlik olib kelishini ta’kidladi.

Bu bayonot Buyuk Britaniya va Fransiyaning Falastin davlatini tan olish rejalari fonida yangradi. Nutq davomida Eron, Yaman va Falastin vakillari norozilik bildirib, zalni tark etishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AI-80 benzini yil boshidan beri 16 foizga oshdi, Xitoy va AQSh tariflar bo‘yicha kelisha olmadi — 30-iyulning eng muhim xabarlarini e’lon qilgan edik.

Shuningdek