Kanada Falastin davlatini tan olishga tayyorlanmoqda

eʼlon qilindi
Bu orqali isroilga bosim kuchaymoqda
Kanada Falastin davlatini tan olishga tayyorlanmoqda / Foto: Reuters

2025-yil sentabrida BMT yig‘ilishida Kanada Falastin davlatini rasmiy tan olishini e’lon qilmoqchi. Bosh vazir Mark Karni bu qarorni G‘azo sektoridagi ocharchilik va gumanitar inqiroz bilan izohladi, deya xabar bermoqda Reuters.

Kanadaning bu qarori Fransiya va Buyuk Britaniyaning so‘nggi bayonotlari ortidan e’lon qilindi. Ular ham Falastin davlatini tan olish niyatida. Isroil va AQSh bunday e’tiroflarni «Hamasga mukofot» deb atab, tanqid qildi.

Foto: Reuters

Karni tan olish qarori Falastin Ma’muriyatining islohotlar o‘tkazish va 2026-yilda umumiy saylov o‘tkazishga tayyorligi bilan bog‘liqligini aytdi. Bu orada G‘azoda ocharchilik sabab 154 kishi, jumladan, 89 bola hayotdan ko‘z yumdi.

Ekspertlar bu qaror Isroilga ikki davlatli yechimga qaytish uchun bosim bo‘lishini ta’kidlasa-da, ayrimlar uni ramziy qadam, deb baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Falastin davlatini tan olmoqchi ekani haqida yozgan edik.

Shuningdek