Kanada Falastinni tan olsa, AQSh bilan savdo bitimi bo‘lmaydi – Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada Falastin davlatini tan olganidan so‘ng, ushbu davlat bilan savdo urushini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
U 1-avgustgacha tarif bitimi bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Kanadadan AQShga import qilinadigan ayrim mahsulotlarga 35% boj joriy etilishini aytdi.
Kanada bosh vaziri Mark Karni Falastinni tan olish rejasini e’lon qilar ekan, G‘azodagi ocharchilikni va Isroil hukumatining bunga yo‘l qo‘yganini tanqid qildi. Tramp esa bu bayonotdan norozi bo‘lib, «bunday sharoitda savdo bitimi qilish juda qiyin bo‘ladi» dedi.
Kanada AQShning eng yirik savdo hamkorlaridan biri bo‘lib, yillik milliardlab dollarlik tovar ayirboshlaydi. Trampning bu bayonoti ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikni kuchaytirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gʻarbning 15 davlati Falastinni davlat sifatida tan olish bo‘yicha qo‘shma bayonot bergan edi.