
«Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichi o‘rnatish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Nizomda ko‘rsatkichlarning shakli, o‘lchami, ishlab chiqarish va o‘rnatish tartibi belgilab berilgan. Unga ko‘ra, namunaviy ko‘rsatkichlar uch toifaga ajratiladi:
Toifa | Material | Qo‘shimcha xususiyat | Qayerda o‘rnatiladi |
---|---|---|---|
1-toifa | Polietilentereftalat, poliETG, polistirol yoki polikarbonat | Yoritish moslamasiga ega | Shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalarda |
2-toifa | Kompozit alyuminiy | Nur qaytaruvchi qoplamaga ega | Tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalarda |
3-toifa | Kompozit alyuminiy | Oddiy (yoritishsiz va nur qaytarmasiz) | Mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda |
Qarorga muvofiq, ko‘rsatkichlarda ko‘cha nomi qisqartirilmasligi qat’iyan belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi uchun 6,9 milliard so‘m ajratilishi haqida yozgan edik.